AQSh va Germaniyaga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga tanlov 30-avgustda yopiladi
Ikki xalqaro ilmiy stajirovka dasturida hali ariza topshirish mumkin. Ikkalasining muddati bir xil, 30-avgust soat 23:59da tugaydi.
AQSh, Texas A&M universiteti
Norman Borlaug nomidagi xalqaro qishloq xo'jaligi va rivojlanish instituti bazasida 4 oylik dastur bo'lib, 10 o'rin bor. Suv ta'minoti, yer osti suvlari, suv resurslarini qayta ishlatish va atrof-muhit muhandisligi sohalari bo'yicha.
Germaniya, Freiberg konchilik va texnologiyalar universiteti
Konchilik muhandisligi, geodezia, geometallurgiya va kon iqtisodiyoti yo'nalishlarida 2 oylik dastur. 10 o'rin.
Ariza bevosita muassasa yoki ilmiy tashkilot tomonidan internship.ilmiy.uz tizimi orqali topshiriladi. Ingliz tili bilimi shart. Tafsilotlar uchun @ilmiystajirovkabot.