O'zbekistonlik talabalar Google Gemini AI Plus obunasini bir yilga bepul olishi mumkin
Odatda 60 dollar turadigan «Google Gemini AI Plus» yillik obunasi talabalarga bepul beriladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Bunga SheerID platformasi O'zbekistonni qo'llab-quvvatlanadigan davlatlar ro'yxatiga rasman qo'shgani sabab bo'ldi. SheerID Google'ning xalqaro hamkori bo'lib, foydalanuvchilarning maqomini tekshiradi. O'zbekiston bu ro'yxatga vazirlik va Google ko'magida kiritildi.
Obunani olish uchun talaba aileaders.uz saytiga kirib, u yerda Google tekshiruvidan o'tishi kerak. Shundan so'ng obunadan bir yil davomida bepul foydalanadi.
Obunaga quyidagilar kiradi:
- Gemini ilovasi: foydalanish limitlari ikki barobar oshib, «Flash Thinking» modelidan foydalanish imkoni ochiladi.
- Google Foto, Disk va Gmail uchun umumiy 400 GB bulutli xotira.
>> Yana to'rtta imkoniyat:
>> ● Google Flow: kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish mumkin bo'lgan sun'iy intellekt studiyasiga qo'shimcha kirish.
>> ● Gmail'da Gemini: Gemini'dan to'g'ridan-to'g'ri pochtaning o'zida foydalanishingiz mumkin.
>> ● Gemini Notebook: tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan audio va videoni qayta so'zlab berish hamda test ishlashga qo'shimcha kirish.
>> ● Sun'iy intellektga asoslangan musiqa studiyasiga qo'shimcha kirish.
Vazirlik ma'lumotiga ko'ra, aileaders.uz saytida jahonning yetakchi kompaniyalari tayyorlagan 100 dan ortiq xalqaro sun'iy intellekt kurslarini ham bepul o'tishingiz mumkin.
🔗 Manba