Melanie Mitchell sun'iy intellektni baholash uchun 6 ta tamoyil taklif etdi
1900-yillar boshida Germaniyada "Aqlli Hans" ismli ot mashhur bo'lib ketdi. Uning egasi ot arifmetika misollari yecha oladi deb da'vo qilardi. Ot haqiqatan ham to'g'ri javob berar, tuyog'ini aniq marta urardi. Ammo tekshiruvchi psixolog bir narsani aniqladiki, ot hisob-kitob qilmas edi. U atrofdagi odamlarning nafasini, qad-qomatini, istemsiz ishoralarini sezib, to'g'ri songa yetganda to'xtab qolardi.
Santa-Fe institutining kognitiv olimasi Melanie Mitchell bu voqeani sun'iy intellektni baholash bilan taqqosladi.
Bugungi katta til modellari savolga to'g'ri javob berganda "u tushundi" deb qabul qilamiz. Ammo Mitchell 2026-yilda AI Magazine jurnalida e'lon qilgan maqolasida bunga shubha bildirdi. Model rostdan mulohaza yuritmayaptimi yo ma'noli ko'rinadigan matn hosil qilyaptimi, hozirgi sinov metodlari buni aniq ajratolmaydi.
Uning 6 ta tamoyilidan asosiy uchtasi shunday.
- Modelning xato turlarini ham tekshiring, to'g'ri javob yetarli ko'rsatkich bo'la olmaydi
- Bir sohada muvaffaqiyat boshqa sohada ish berishini kafolatlamaydi
- Model o'z ichki jarayonini tushuntirib bera olmaguncha "tushunadi" deyish erta
Shu yondashuvni ishlab chiqishda Mitchell psixologlardan ilhom oldi. Ular chaqaloqlar va hayvonlarni, ya'ni "begona intellekt" egalarini og'zaki savolsiz o'rganadi. Xulqini, kutilmagan vaziyatga munosabatini, o'rganish izlarini kuzatib biladi. Mitchell shu metodlarni AI ga ham tatbiq etishni taklif etmoqda.
Shu bois AI to'g'ri javob berganda "tushundi" deyish bilan biroz ehtiyot bo'lgan ma'qul. Natija to'g'ri, ammo sabab boshqacha bo'lishi mumkin.