Bilim Hack

Elektr energiyasi narxining har bir bosqichi birinchi marta oshkor qilindi

O'zbekistonda elektr ishlab chiqarishdan uyga yetgunicha bo'lgan barcha bosqichlar uchun tariflar birinchi marta yagona hujjatda e'lon qilindi. Idoralararo tarif komissiyasi bu qarorni 15-iyulda qabul qildi, chunki 1-iyundan gaz va elektr narxlari oshirilgach, eski tariflarni qayta hisoblash kerak bo'ldi.

📉 1 kVt/soat elektr ishlab chiqarish tannarxi stansiyaga qarab keskin farqlanadi. "O'zbekgidrenergo" uchun 522 so'm, Toshkent IES uchun 1 126 so'm. Issiqlik stansiyalari orasida eng past tarif Talimarjon IES da belgilangan, 579 so'm.

Shu elektr uyingizga yetguncha yana ikki bosqich qo'shiladi. Magistral tarmoqlar orqali uzatish 98 so'm, hududlarda taqsimlash esa joylashuvga qarab 171 dan 410 so'mgacha turadi. Eng qimmat taqsimlash tarifi Qoraqalpog'istonda belgilangan, eng arzon Qashqadaryo viloyatida, farq 2,4 barobar.

Samarqand hududiy elektr tarmoqlari Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan boshqariladi va ularning taqsimlash tarifi 278 so'm.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Layfxaklar