Bilim Hack

It allergenini CRISPR bilan o'chirib tashlagan birinchi kuchukchalar tug'ildi

2024-yil sentyabrda AQShda Kindred Companion Sciences biotexnologiya kompaniyasi olimlari Bailey va Alfie ismli ikkita biglani dunyoga keltirdi. Buning uchun CRISPR-Cas9 usuli bilan it terisidagi hujayralardan Can f 1 genini o'chirib tashlash va tahrirlangan hujayralardan homila yasab, surrogat itga ko'chirish yo'lidan borildi.

Can f 1 it organizmida asosiy allergen ishlab chiqaradigan gen. Ko'plab pudellar va boshqa qator zotlar «gipoallergen», ya'ni allergiyani qo'zg'atmaydigan deb hisoblanadi. Lekin ilmiy tekshiruvlar bunday zotlar ham shu oqsilni ishlab chiqarishini ko'rsatgan.

🔬 Bailey va Alfie'ning so'lagi, juni va terisi tekshirilganda Can f 1 oqsili umuman topilmadi. It allergiyasi bo'lgan bir kishi teri testidan o'tganda oddiy it namunasiga allergik munosabat bildirgan, bu kuchukchalar namunasiga esa hech qanday munosabat bildirmagan.

Bu katta qadam, lekin ko'p narsalar hali oldinda. Sinovda faqat bitta kishi qatnashdi va itlar Can f 1 dan tashqari boshqa allergenlar ham chiqarishi mumkin. Kompaniya regulyatorlik jarayonini bosib o'tib, allergiyasi bor oilalar uchun bunday kuchukchalarni ko'paytirishni rejalashtirmoqda, bu esa bir necha yil talab etishi mumkin.

Tadqiqot The CRISPR Journal jurnalida nashr etildi.

Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Ilmiy yangiliklar