Bilim Hack

1 yoshdagi ekran vaqti bolaning keyingi o'quv natijasiga ta'sir qiladi

502 nafar bolani 1 yoshdan 8 yoshgacha kuzatib, 9 yoshda akademik natijasini, 10.5 yoshda ish xotirasini o'lchashdi. Inserm va Singapur Milliy universiteti olimlari o'tkazgan bu tadqiqot World Journal of Pediatrics jurnalida chop etildi.

Qaysi yosh ayniqsa muhim bo'lib chiqdi?

Barcha o'lchangan nuqtalar orasida eng kuchli ta'sir 1 yoshda aniqlandi. Shu yoshda har bir qo'shimcha soat ekran vaqti 9 yoshdagi akademik ballni o'rtacha 1.47 standart balga pasaytirdi.

6 yosh ham alohida ajralib chiqdi. Bu davrda ko'proq ekran ko'rgan bolalar 10.5 yoshga kelib ish xotirasini tekshirishda zaifroq natija ko'rsatdi.

Kuzatilgan bolalarda o'rtacha ekran vaqti 1 yoshda kuniga 2.1 soatni tashkil etdi. JSST (Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti) esa 18 oyga to'lgunga qadar ekrandan butunlay uzoq turish, 2 dan 5 yoshgacha esa kuniga 1 soatdan oshirmaslikni tavsiya qiladi.

Tadqiqotchilar ta'kidlashicha, umumiy ekran vaqti bilan birga, qaysi yoshda ko'proq ekran ko'rilgani ham ahamiyatli. Erta bolalik, ayniqsa 1 yosh atrofida, miya rivojlanishi uchun sezgir davr bo'lishi mumkin.

🔗 Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Ota-onalar uchun