Zinadan besh daqiqa ko'tarilgan odam 40 kaloriyaga yaqin sarflaydi
Ozish uchun ko'proq harakat qilish muhim. Buning uchun sport zalidan tashqari oddiy kundalik yumushlar ham yaraydi, chunki ular davomida ham kaloriya sarflanadi. Buni infografikada yaqqol ko'rish mumkin: unda katta yoshli odam turli ishlar bilan besh daqiqa shug'ullanganda qancha kaloriya sarflashi taqqoslangan.
Infografika mualliflari «Kattalar uchun jismoniy faollik bo'yicha qo'llanma» ma'lumotlariga tayanib, vazni 155 funt (70,3 kg) bo'lgan odamning kaloriya sarfini hisoblab chiqqan. Besh daqiqada u shuncha kaloriya sarflaydi:
- zinadan ko'tarilganda 40 kaloriyaga yaqin;
- bolalar bilan faol o'ynaganda 34 kaloriya;
- oziq-ovqatni yuqoriga olib chiqqanda 31 kaloriya;
- televizor ko'rganda atigi 6 kaloriya.
Xazon yig'ishtirganda, uyda raqsga tushganda yoki tez yurganda ham kaloriya sarflanadi.
Qisqa mashg'ulotlar ham hisobga kiradi. AQSh Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi 2018-yilda o'z tavsiyalaridan bir qoidani olib tashlagan: unga ko'ra, mashg'ulot kamida o'n daqiqa davom etsagina hisobga olinardi.
Vazirlik tavsiyasiga ko'ra, kattalar haftasiga 150 dan 300 daqiqagacha o'rtacha jadallikdagi aerob mashqlar bilan shug'ullanishi kerak. Bu vaqtni bir necha qisqa mashg'ulotdan yig'ishingiz mumkin.
🔗 Manba