Toshkentda 6 kishi is gazidan halok bo'ldi: isitish qurilmalarini tekshiring
Is gazi ko'rinmaydi, hidi yo'q va o'ldiradi.
Oktabr oyining 25-kuni Toshkentning Mirzo Ulug'bek tumanida qurilayotgan uyda olti kishi is gazidan vafot etdi. Yana ikkitasi og'ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Tergov natijasida ma'lum bo'ldiki, podvalga o'rnatilgan isitish qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan, gaz liniyasi esa texnik shartlarsiz ulangan.
Isitish mavsumi boshlanishi bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga eslatma berdi.
Nimaga e'tibor berish kerak:
- Nosoz, uy sharoitida yasalgan yoki standartlarga uymayotgan isitish qurilmalarini ishlatmang
- Gaz plitasini xona isitish uchun yoqmang
- Dudburonlarni muntazam tozalab turing
- Yonuvchan narsalarni isitish asboblaridan uzoqroqda saqlang
- Gaz hidi sezilsa, darhol deraza-eshiklarni oching, elektr anjomlarini tekmang va 1101 raqamiga qo'ng'iroq qiling
Gaz uskunalarini faqat vakolatli mutaxassislarga o'rnattirib, texnik ko'rikni muntazam o'tkazib boring.
🔗 Manba