TIU va Koreya universiteti birgalikda bepul AI kursi ochmoqda
Toshkent xalqaro universiteti (TIU) va Koreya Respublikasining Cheju Halla universiteti KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) granti asosida sun'iy intellekt bo'yicha kurs ochmoqda. To'lov yo'q, kurs to'liq grant hisobidan moliyalashtiriladi.
12 hafta davomida haftasiga 2-3 kechki dars, har biri 2 soat. Darslar ingliz tilida, TIU kampusida o'tadi.
Kursda o'rganiladiganlar:
- Azure AI asoslari va AI-900 xalqaro sertifikatiga tayyorgarlik
- Generativ AI va prompt muhandisligi
- Modelni real muhitga chiqarish, ya'ni MLOps asoslari
Eng yaxshi tinglovchilar uchun pullik amaliyot ham ko'zda tutilgan.
📅 Arizalar 2026-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi.
Ro'yxatdan o'tish: koica-tiu-azure.halla.ai/register
📞 Telefon: +998 95 981 84 44
🔗 Manba