Test topshirganlar uchun OTM va yo'nalish tanlash boshlandi
Test topshirganlar uchun OTM va yo'nalish tanlash boshlandi
25-iyuldan 8-avgustgacha test topshirgan abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasi orqali o'qimoqchi bo'lgan muassasa va yo'nalishini tanlashi kerak.
Nima kiritiladi:
- Oliy ta'lim muassasasi (5 tagacha tanlov mumkin)
- Bakalavriat yo'nalishi
- Ta'lim shakli: kunduzgi, kechki yoki masofaviy
Turli universitetlarni aralashtirib tanlasa ham bo'ladi.
8-avgustgacha tanlashni o'zgartirib turish mumkin. Muddat o'tgach, o'zgartirish imkoni yo'q.
Tasdiqlash tugmasi bosilgach, telefonga SMS kod keladi. Uni kiritgach «Abituriyent qayd varaqasi» shakllanadi. Yuklab olib, saqlab qo'ying.
Savol bo'lsa, 1195 raqamiga murojaat qiling (24 soat ishlaydi).
🔗 Manba