Bilim Hack

🚀 O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlanyapti!

Agar hammasi rejadagidek ketsa, 2028-yilgacha O‘zbekistonning o‘z sun’iy yo‘ldoshi kosmosga yo‘l oladi. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi rahbarining o‘rinbosari ma’lum qildi.

📡 Nima rejalashtirilgan?

  • Yo‘ldoshni tayyorlashda o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etadi – ular 2024-yildan beri Yaponiyadagi Kyusyu texnologiya institutida o‘qimoqda;
  • Qurilma 2027-yilgacha to‘liq tayyor bo‘ladi;
  • SpaceX bilan hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar ketmoqda – aynan ular orqali yo‘ldosh uchirilishi mumkin.

Bu shunchaki loyiha emas – bu O‘zbekistonning kosmik tarixida yangi sahifa bo‘lishi mumkin 🌌

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Ilmiy yangiliklar