Bilim Hack

Jizzaxda BYD zavodi bilan birgalikda muhandislar tayyorlanmoqda

BYD Uzbekistan Factory zavodida viloyat universitetlari va texnikumlar rahbarlari bilan amaliy uchrashuv bo'lib o'tdi. Kun tartibida bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash, ta'lim dasturlarini zavod talablariga moslash va dual ta'lim tizimini kengaytirish masalalari turdi.

Jizzax Politexnika Institutida bu ish allaqachon yo'lga qo'yilgan. Ikkinchi kursni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar ikki yillik dual dasturga tanlanadi: o'qish bilan parallelda BYD standartlariga moslashtirilgan jihozlarda amaliyot o'taydi. Dastur bitiruvchilari maxsus sertifikat va zavodda ishlashga yo'llanma oladi.

Institutda mavjud:

  • BYD avtomobillari uchun mini konveyer liniyasi
  • Payvandlash, bo'yash, yig'ish va sifat nazorati bo'limlari
  • Elektromobillar tuzilishi va zaryadlash stansiyalarini o'rgatadigan xonalar

BYD Uzbekistan Factory 2026-yilda ishlab chiqarishni 40 000 avtomobilga yetkazishni rejalashtirgan, 2030-yilgacha yana 10 ta yangi model qo'shadi. Zavod kengayib borar ekan, malakali muhandislarga talab ham oshadi.

🔗 Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish