Bilim Hack

"El-yurt umidi" 2027-2028 yildan top-300 universitetlardagi o'qish to'lovini qoplaydi

Prezident yangi qarorida "El-yurt umidi" jamg'armasiga QS va THE reytinglarining top-300 talasiga kiruvchi xorijiy universitetlardagi o'qish xarajatlarini moliyalashtirish vakolati berildi. Bu qoida 2027-2028 o'quv yilidan kuchga kiradi.

Kimlar uchun? Tanlovdan o'tib, top-300 yoki o'z sohasida yetakchi xorijiy universitetga qabul qilingan "El-yurt umidi" stipendiatlari. Jamg'arma ularning o'qish kontrakt to'lovini to'liq qoplaydi.

Xorijiy universitetga shartli qabul olgan talabgorlar uchun alohida imkoniyat ham yaratilgan. Ular avval mahalliy OTMda yoki Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabida 1-kurs (foundation) dasturini o'qiydi, bu xarajatlar ham jamg'arma mablag'laridan qoplanadi.

Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi Britaniya oliy ta'lim tajribasi asosida quriladi, texnikumlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Integratsiyalashgan dasturni muvaffaqiyatli tugatgan texnikum bitiruvchisi kirish imtihonlarsiz bakalavriat yo'nalishida o'qishni davom ettira oladi.

Dasturda to'plangan kreditlar xorijiy hamkor universitetlar tomonidan tan olinadi.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish