Asperitas bulutlari Santa-Krus osmonini to'lqinlarga aylantirdi
21-iyul kuni Kaliforniyaning Santa-Krus shahrida asperitas deb ataladigan bulutlar qayd etildi. Bulutlarning ostki qismi dengiz tubidan qaraganday notekis va to'lqinsimon ko'rinish oldi.
Mahalliy aholi Kirsten Liske buni videoga tushirib, hayratini yashira olmadi: "Umrimda bunday ko'rmaganman, har kuni osmonni kuzatib yuraman."
Nima uchun bunday ko'rinadi?
Momaqaldiroq paytida turli yo'nalishlarda harakatlanayotgan havo oqimlari bir-biriga to'qnashadi. Bu to'qnashuv bulut qatlamining ostki qismini "silkitib", tartibsiz to'lqinlar hosil qiladi.
Ko'rinishi qo'rqinchli, ammo bu hodisa yomg'irdan so'ng paydo bo'ladi. Ya'ni osmon tinchiyotganining belgisi.
Qiziqarlisi: asperitas Jahon meteorologiya tashkiloti tomonidan 2017-yilda rasman tan olingan. 30 yil ichida xalqaro bulutlar atlasiga kiritilgan birinchi yangi bulut turi edi.