Bilim Hack

O'zbekistonda 7 mingdan ortiq tovar uchun xavfsizlik majburiyati belgilandi

Uy jihozi yoki bola o'yinchog'i sotib oldingiz. Birozdan keyin u xavfli chiqdi. Qonun bo'yicha ishlab chiqaruvchi uni bozordan qaytarib olishga majburmi? Tashqi savdodagi 13 mingdan ortiq tovar turining 7 mingdan ortig'i bo'yicha bu savol huquqiy tartibga solinmagan edi.

7-avgust kuni Senat "Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi to'g'risida"gi qonunni ma'qullab, imzolash uchun prezidentga yubordi.

Qonunga binoan, ishlab chiqaruvchi, importchi va distribyutor mahsulotning butun umri davomida xavfsizligi uchun javob beradi. Mahsulot onlayn do'kondan olingan bo'lsa ham farq qilmaydi. Xavf aniqlansa, tovarni bozordan qaytarib olish va xaridorlarni ogohlantirish majburiy bo'ladi.

Bozor nazoratida asosiy kuch xavfli mahsulotlarni muomaladan chiqarishga va aholini o'z vaqtida ogohlantirishga qaratiladi. Tekshiruvlar xavf darajasiga qarab yo'naltiriladi.

Xavfli tovar aniqlanganda uning haqidagi ma'lumot butun mamlakatga tez yetkazilishi uchun maxsus xabardorlik tizimi ham yaratiladi. Bu mexanizm Yevropa Ittifoqida allaqachon ishlaydi.

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Havfsizlik