"Akademik harakatchanlik" dasturining ikkinchi bosqich suhbatlari Toshkent viloyatida o'tkazildi
Toshkent viloyatida "Akademik harakatchanlik" dasturining ikkinchi bosqich suhbatlari bo'lib o'tdi. Nomzodlar Yoshlar texnoparkiga kelib, ilmiy loyihalarini taqdim etib, baholashdan o'tdi.
🔬 Baholashda nomzodlarning bilimi, ko'nikmalari va ilmiy salohiyati raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yordamida tekshirildi.
Dasturga 40 yoshgacha bo'lgan mutaxassislar qatnasha oladi. Davlat loyiha xarajatlarini to'liq o'z zimmasiga oladi. Ishtirokchilar asosiy ishlaridan chiqmagan holda yetakchi ilmiy muassasalarning zamonaviy laboratoriyalarida ishlash va xalqaro hamkorlik tajribasini orttirishga imkon topadi.
Batafsil ma'lumot akadem.ilmiy.uz saytida.