Adliya vazirligi ID-karta, xorijga chiqish pasporti va haydovchilik guvohnomasini yangi alifboda rasmiylashtirishni, allaqachon berilgan hujjatlarni esa o'z holicha qoldirishni taklif qildi
O'zbekiston Adliya vazirligi yangi alifbo harflari hujjatlarda qanday aks etishi haqidagi loyihani jamoatchilik muhokamasiga qo'ydi. Loyiha bo'yicha hali qaror qabul qilinmagan. Yangi alifboning o'zi 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.
Loyihaga ko'ra, yangi alifboda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
- ID-kartalar;
- xorijga chiqish pasportlari;
- haydovchilik guvohnomalari;
- texnik pasportlar;
- kadastr hujjatlari.
Loyihaga ko'ra, bu hujjatlarning eski blankalaridan 2028-yil 1-yanvargacha foydalanish mumkin bo'ladi.
Allaqachon olgan hujjatingizni almashtirishingiz shart bo'lmaydi.