Migratsiya agentligi va Deutsche Bahn o'zbekistonliklarni Germaniyada temiryo'l montajchisi kasbiga uch yillik haq to'lanadigan o'qishga chaqirmoqda
Migratsiya agentligi va Deutsche Bahn 18 dan 25 yoshgacha bo'lgan o'zbekistonlik yoshlarni temiryo'l montajchisi kasbi bo'yicha uch yillik haq to'lanadigan Ausbildung dasturiga chaqirmoqda. O'qish 2027-yil 1-sentabrda Bavariyada boshlanadi. Oylik haq 1400 dan 1560 yevrogacha ko'tariladi.