Bilim Hack

Ipoteka subsidiyasi: kim va qanday ariza topshirishi mumkin

Ipoteka krediti bo'yicha subsidiyaga arizalar 2026-yil 25-noyabr kuni soat 10:00 dan qabul qilina boshlaydi. Shartlarga mos kelish-kelmasligingizni tekshirib oling.

  • Ball to'plang: ijtimoiy mezonlar bo'yicha 30 va undan ortiq ball kerak.
  • Uy-joyingiz bo'lmasin: arizachining ham, turmush o'rtog'ining ham O'zbekistonning hech bir hududida o'z mulkida uy-joyi bo'lmasligi shart.
  • Daromadingiz mos kelsin: o'rtacha oylik daromadingiz ijtimoiy mezonlar doirasidan chiqmasligi lozim.
  • Kredit tarixingiz to'g'ri kelsin: u dasturdagi 15 ta bankdan kamida bittasining talablariga javob berishi kerak.
  • Ariza topshiring: davlat xizmatlari markazida, myGov ilovasida yoki my.gov.uz portalida.
  • Banklarga ruxsat bering: OneID tizimida (id.egov.uz), shaxsiy ma'lumotlarni boshqarish panelida.
  • Cheklovlarni tekshiring: kredit tarixingizni olishga vaqtinchalik cheklov qo'yilmagan bo'lishi lozim.

Banklar kredit tarixingizni o'rgana olmasa, arizangiz rad etiladi.

Ariza beruvchilarning kredit tarixini dasturdagi 15 ta bank baholaydi:

Batafsil ma'lumot

"Agrobank" ATB
"Aloqabank" ATB
"Asakabank" AJ
"Asia Alliance Bank" ATB
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB
"Hamkorbank" ATB
"Ipak yo'li" AITB
"Ipotekabank" OTP Group
"Mikrokreditbank" ATB
"Orient Finans" XATB
"Trastbank" XAB
"Turonbank" ATB
"Xalq banki" ATB
"O'zmilliybank" AJ
"O'zsanoatqurilishbank" ATB

🔗 Manba

👉 Kanaldagi post

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← Bosh sahifa