Bilim Hack

Fanlar akademiyasi ilmiy-ommabop media loyihalar uchun kichik grantlarga arizalarni 23-noyabrgacha qabul qiladi

O'zbekiston Fanlar akademiyasi 2026-yil 13-noyabrdan 23-noyabrgacha «Ilm-fan yangi talqinda» ochiq kichik grantlar tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar ilmiy-ommabop media mahsulotlarga, ya'ni ilm-fan haqida sodda, qiziqarli va zamonaviy shakllarda hikoya qiladigan materiallarga beriladi.

Tanlov jurnalistlar, blogerlar, kontent yaratuvchilar, media jamoalar va boshqa mualliflar uchun e'lon qilingan.

Akademiya ilm-fan yutuqlarini odamlarga yaqinlashtirish, yoshlarning ilmga qiziqishini oshirish va innovatsion g'oyalarni targ'ib qilishni maqsad qilgan.

Loyiha sun'iy intellekt, biotexnologiya, genetika, tibbiyot, farmatsevtika, kimyo, fizika, matematika, geologiya, seysmologiya, materialshunoslik, energetika, ekologiya, arxeologiya, tarix, astronomiya yoki qishloq xo'jaligiga bag'ishlangan bo'lishi mumkin. Boshqa dolzarb ilmiy yo'nalishlar ham to'g'ri keladi.

Ariza faqat elektron pochta orqali topshiriladi

  • Ishtirokchilar arizani 13-noyabrdan 23-noyabrgacha info@academy.uz manziliga yuboradi.
  • Tanlov komissiyasi kelib tushgan arizalarni 10 kun ichida ko'rib chiqadi.
  • G'oliblar 8-dekabr kuni nishonlanadigan Konstitutsiyaning 33 yilligi arafasida e'lon qilinib, taqdirlanadi.

Arizaga qo'yiladigan talablar tanlov nizomida keltirilgan. Nizom Fanlar akademiyasi saytidagi e'longa fayl qilib biriktirilgan: https://gov.uz/oz/academy/news/view/247181

Tanlov bo'yicha savollaringizni 71 233-60-72 raqamiga qo'ng'iroq qilib berishingiz mumkin.

🔗 Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish