Bilim Hack

Chexiyada o'zbek tibbiyot mutaxassislari uchun ish o'rinlari ochilmoqda

O'zbek shifokorlar Chexiyada rasmiy dastur orqali ishlash imkoniga ega bo'lmoqda. 2026-yil sentabrdan ikkala mamlakat rasmiy dastur ishga tushiradi. Kandidatlar Chexiyaning davlat va xususiy klinikalarida ishlashga yo'naltiriladi.

Kelishuv Chexiya bosh vaziri Andrey Babish Toshkentga tashrif buyurganidan keyin tuzildi. Migratsiya agentligi direktori Behzod Musaev va chex Sog'liqni saqlash vaziri Adam Voytex dastur shartlarini kelishib oldi.

Nimalar ko'zda tutilgan:

  • chex tili kurslari
  • kasbiy tayyorgarlik va dual ta'lim
  • xorijiy diplom va malakalarni tan olish tartibini soddalashtirish

Ariza mezonlari hali e'lon qilinmagan. Sentabrga qadar Migratsiya agentligi sahifasini kuzating.

🔗 Manba

O‘xshash maqolalar

Yangi maqolalar Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib chiqadi

@bilim_hack
← O'qish