Bilim Hack

7 oy ichida 18 ming dollar!

7 oy ichida 18 ming dollar!
Startap, to‘garak, agentlik yoki qandaydir xizmat ochmoqchimisiz? Izlashni qayerdan boshlash kerakligini shu postda bilib olasiz.

Qisqacha aytganda: hozir odamlar yechimini topish uchun pul to‘layotgan muammolarni izlash kerak.

Yaqinda bir dasturchi aynan shu tamoyil asosida yangi servis yaratdi. U internetda odamlar hozirda duch kelayotgan, yechimini izlayotgan muammolarni to‘pladi va ularni BigIdeasDB nomli baza shaklida taqdim etdi — bu manba startaplar uchun tayyor g‘oyalar omboriga aylandi.

Masalan:
🔸 Upwork’dagi ish e’lonlari orqali odamlar qanday muammolarga mutaxassis izlayotganini tahlil qildi.
🔸 G2’dagi sharhlar orqali mashhur xizmatlarning qaysi jihatlari odamlarni norozi qilayotganini ko‘rsatdi.
🔸 Reddit’dagi yozuvlar orqali esa odamlar har kuni nimadan charchayotganini o‘rgandi.

Shu oddiy, lekin aniq yondashuv orqali u 7 oy ichida 18 ming dollar daromad oldi.

Bu voqea sizni ham o‘ylantirsa ajab emas. Chunki ehtimol, O‘zbekistonda ham shunaqa servis yetishmayotgandir.

Balki aynan siz yaxshi bilarsiz: mahalliy tadbirkorlar, ota-onalar yoki talabalar hozir eng ko‘p qanday muammolar bilan yuzlashmoqda? Nimalarga vaqt, kuch yoki pul sarflanmoqda?

Agar siz bu muammolarni ilg‘ay olsangiz — demak, aynan hozir harakat qilish vaqti. To‘g‘ri g‘oya yoningizda bo‘lishi mumkin. O‘z vaqtida ilg‘ay olgan odam yutadi.

← Назад