Bilim Hack

Infraqizil ko‘rish — endi linzalarda!

Infraqizil ko‘rish — endi linzalarda! Xitoy Fan va Texnologiyalar Universiteti (USTC) olimlari insonlarga infraqizil ko‘rish imkonini beruvchi yupqa linzalarni ishlab chiqishdi — xuddi fantastik filmlardagi kabi. Qanday ishlaydi: • Nanoqayta ishlovchi zarrachalar infraqizil nurni oddiy ko‘z ko‘ra oladigan nurga aylantiradi. • Bularning barchasi bitta yupqa linzaga joylashtirilgan — katta va noqulay optika kerak emas. Nima foydasi bor: • Shifokorlar yallig‘lanish yoki qon aylanishini turli apparatlarsiz ko‘ra oladi. • Qutqaruvchilar va harbiylar qorong‘uda yoki tutun orasida ko‘ra oladi. • Kelajakda bu texnologiya kontakt linzalarga ham joylashtirilishi mumkin! Eng muhimi — texnologiya passiv ishlaydi, elektr energiyasiga ehtiyoj yo‘q. Bu esa uni ommaviy foydalanishga moslashtiradi. Fan endi ertak emas — haqiqatga aylanmoqda.
← Назад