Ma’lum bo‘lishicha, Steam foydalanuvchilari biroz g‘alati — hatto kerakmas o‘yinlarga ham pul sarflashadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Steam foydalanuvchilari biroz g‘alati — hatto kerakmas o‘yinlarga ham pul sarflashadi.
Analitiklar aytishicha, ular o‘zini tutishda unchalik mantiqli emas — o‘yinlarni impulsga berilib xarid qilishadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘rtacha foydalanuvchining kolleksiyasidagi o‘yinlarning yarmi ochilmagan. Ya’ni ular o‘yinlarni o‘ynash uchun emas, shunchaki o‘zida bo‘lishini xohlab sotib olishadi.
Mutaxassislar Steam’ni Netflix bilan taqqoslaydi. Gap shundaki, Valve bitta narsa bilan uddasidan chiqdi — odamlar kerakmas bo‘lsa ham o‘yin sotib olishadi. Netflix esa bunga erisha olmadi.
Gapning qisqasi — agar geymerlar faqat o‘ynaydigan o‘yinlargina sotib olganida, ko‘plab o‘yin ishlab chiquvchilari allaqachon bankrot bo‘lgan bo‘lardi. Ammo mana shu “mantiqsiz” xaridlar tufayli butun o‘yin sanoati tirik.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun o‘yin — bu bolalikdagi esdalik. Uni yana bir marta o‘ynashga jur’at topolmaydi, lekin kolleksiyada saqlash — xotira kabi.
O‘zingizni tanidingizmi? 😏