Bilim Hack

Yoz — bu orqada qolgan mavzularni quvib yetish vaqti.

Yoz — bu orqada qolgan mavzularni quvib yetish vaqti.
Agar farzandingiz yillik bahodan norozi bo‘lsa — unga yangi imkoniyat yarating. Endi darslar o‘zbek tilida va tushunarli shaklda.

📚 Khan Academy platformasida endi maktab fanlari bo‘yicha to‘liq o‘zbek tilidagi bo‘lim mavjud. Bu — video darslar, tushuntirishlar, mashqlar va testlar jamlangan bepul manba.

👉 Sayt: uz.khanacademy.org

Har bir mavzu quyidagilardan iborat:

  • Jonli misollar bilan tushuntirilgan video
  • Soddalashtirilgan tushuntirish
  • Mashq va testlar orqali mustahkamlash

Khan Academy saytida nimani o‘rganish mumkin?

Matematika:

  • Boshlang‘ich matematika
  • Arifmetika
  • Boshlangʻich algebra
  • Algebra

Geometriya asoslari

  • Geometriya
  • Trigonometriya
  • Matematik analiz asoslari
  • Chiziqli algebra

Tabiiy fanlar:

  • Biologiya
  • Kimyo
  • Organik kimyo
  • Fizika
  • Yuqori sinf biologiyasi
  • Astronomiya

Bu bepul kurslar kim uchun foydali?

  • 6–11-sinf o‘quvchilari uchun
  • Farzandini o‘zi tayyorlayotgan ota-onalar uchun
  • O‘qituvchilar va repetitorlar uchun
  • Mustaqil o‘rganishni istagan yoshlar uchun

Nega bu muhim:

✅ O‘zbek tilida — til to‘sig‘i yo‘q
✅ Har qanday murakkab mavzuni mustaqil takrorlash mumkin
✅ Darslar bosqichma-bosqich va tushunarli misollar bilan
✅ Barchasi mutlaqo bepul — na dars, na test, na mashqlar uchun to‘lov yo‘q

← Назад