Bilim Hack

🚀 StarGate: sun’iy intellekt endi sanoat mahsulotiga aylanmoqda

🚀 StarGate: sun’iy intellekt endi sanoat mahsulotiga aylanmoqda (Nima uchun bu loyiha muhim — tushuntiramiz) AI endi shunchaki algoritm emas. Bu yangi “olov” — insoniyat uni boshqarishni o‘rganmoqda. OpenAI, Oracle va SoftBank birgalikda StarGate loyihasini ishga tushirdi — tarixdagi eng yirik sun’iy intellekt infratuzilmasi. Byudjet: 500 milliard dollar. Bu ayrim davlatlar iqtisodiyotidan ham katta. 📍 Nima qilinmoqda: • Texasda ulkan data-markazlar qurilmoqda • 400 000 ta maxsus chiplar ulanmoqda • Sovitish uchun kuniga 11 million litr suv kerak • Quyosh, shamol va hatto termonuklear energiya ishlatilmoqda 🎯 Maqsad nima? • II’ni soatlar ichida o‘qitish • Ilmiy kashfiyotlarni yillar emas, haftalarda amalga oshirish • Yangi dorilar, materiallar, sun’iy a’zolar yaratish ⚠️ Ammo xavflar ham bor: • Qudratning bir joyda jamlanishi • Ekologik bosim • II insoniyatdan aqlliroq bo‘lib, o‘zini takomillashtira boshlashi mumkin Bu endi fantastika emas. Bu — texnologik poyga. StarGate esa — uning yuragi. 🌀 Endi savol “qachon?” emas. Asl savol: aqlli mashinalar asriga tayyormizmi?
← Назад