Soxta stomatolog ikki yil davomida odamlarning tishlarini YouTube’dagi darsliklar va ChatGPT yordamida davolagan
Soxta stomatolog ikki yil davomida odamlarning tishlarini YouTube’dagi darsliklar va ChatGPT yordamida davolagan
22 yoshli chexiyalik yigit litsenziyasiz to‘laqonli stomatologik klinika ochgan. U o‘zini shifokor sifatida tanishtirib, bemorlarni qabul qilgan, kanallarni tozalagan, og‘riqsizlantiruvchi ukollar qilgan va hatto tishlarni sug‘urib olgan.
U bilan birga 50 yoshli ayol va 44 yoshli erkak ishlagan — ayol hamshira rolini o‘ynagan va stomatologik materiallar topib bergan, erkak esa protezlar tayyorlagan.
Ularning hech biri tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan — barcha bilimlarni internetdan olishgan: YouTube’da video ko‘rishgan, Google’dan qidirishgan va ChatGPT’dan foydalangan.
Ikki yil ichida ularning noqonuniy klinikasi orqali o‘nlab bemorlar o‘tgan. Umumiy daromad — 4 million chex kroni atrofida.
Eng qizig‘i — ularning ustidan bor-yo‘g‘i bitta shikoyat tushgan, shundan keyin politsiya tekshiruv boshlagan. Uchchalasini ham hibsga olishgan, endi ularga 8 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.