Bilim Hack

Uyda Wi-Fi sekin ishlayaptimi?

5 ta oddiy, ammo foydali maslahat:

Routerni o‘chirib-yoqing. Ko‘pincha shunchaki qayta ishga tushirish yordam beradi.

Routerga yaxshi joy tanlang. Pol yoki devor orqasidan olib, ochiqroq va balandroq joyga qo‘ying.

TV yoki kompyuterni kabel orqali ulang. Agar iloji bo‘lsa, Wi-Fi o‘rniga LAN kabel ishlating — tezroq va barqarorroq bo‘ladi.

Router yaqinida bo‘ling. Agar signal past bo‘lsa – telefon yoki noutbukni routerga yaqinroq olib boring. Farq sezilarli bo‘lishi mumkin.

Kim ulanganini tekshiring. Balki “begona” qurilmalar sizning Wi-Fi’da aylanib yurayotgandir? 👀

← Назад