🇬🇧 Ta’lim eksporti: davlatlar qanday qilib bilimdan daromad oladi?
🇬🇧 Ta’lim eksporti: davlatlar qanday qilib bilimdan daromad oladi?
🎓 Nega London, Boston yoki Sidneydagi universitetlar O‘zbekistonlik talabalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi?
Chunki ta’lim – bu eksport, talabalar esa “xaridor”.
Har bir xalqaro talaba o‘qish, yashash va turmush uchun pul olib keladi.
📦 Bu qanday ishlaydi:
• Avstraliya faqat xorijlik talabalarni o‘qitib yiliga 40 milliard dollardan ortiq daromad oladi.
• Universitetlar butun dunyo bo‘ylab talabalar uchun raqobatga kiradi.
• Coursera kabi onlayn kurslar ham global ta’lim bozorining bir qismiga aylandi.
🛫 Ba’zilar esa bilim emas, bilimli odamlarni eksport qiladi.
Filippin, Hindiston va hatto Qozog‘iston ham xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlaydi. Ular chet elda ishlaydi, vatanga pul yuboradi, yangi aloqalar va obro‘ olib keladi.
🤔 O‘zbekistonchi?
Hozircha ko‘proq xaridor. Ammo bu to‘liq emas.
📚 So‘nggi yillarda O‘zbekistonda Hindiston, Bangladesh va boshqa davlatlardan minglab talabalar o‘qimoqda.
Ayniqsa tibbiyot va texnika yo‘nalishlarida. Bu — ta’lim eksportining ilk bosqichlari.
Shuningdek:
• ingliz tilidagi universitetlar ochilmoqda,
• eksportga yo‘naltirilgan onlayn kurslar rivojlanmoqda,
• IT mutaxassislari uchun xalqaro dasturlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
📣 Balki o‘zimizning ta’lim eksportimizni kuchaytirish vaqti kelgandir?