Bilim Hack

Uy Wi-Fi signali “yurakni eshitadi”

Eng qiziqarli jihatlar:

  • dastlabki 5 soniyada o‘rtacha xato taxminan 0,5 urish/min
  • 3 metrgacha masofada ishlaydi
  • 118 kishi va 17 xil tana holatida, hatto yurganda ham sinovdan o‘tkazilgan
  • 5–10 dollarlik ESP32 va Raspberry Pi bilan namoyish qilingan

Bu qanday ishlaydi o‘zi

Wi-Fi to‘lqinlari xonani to‘ldiradi. Ko‘krak qafasi va tomir devorlarining juda mayda tebranishlari qaytgan signalni biroz o‘zgartiradi. Mashina o‘rganishi shu tebranishlarni shovqinlardan ajratib oladi.

Bu texnologiya nima uchun foydali bo’lishi mumkin?

  • uyda qulay sog‘liq kuzatuvi, qurilma taqmasdan
  • nafas olish tezligi va uyqudagi apnoe belgilarini ko‘rish
  • keksa insonlar yoki xavf guruhi uchun xotirjamlik
  • bolalar uyqusini kuzatish uchun qulay yechim
  • resursi kam klinikalar, qariyalar uylari va reabilitatsiya markazlari uchun arzon texnologiya

Bir og‘iz eslatma
Bu tizim puls va nafasni o‘lchaydi, lekin tashxis qo‘ymaydi.

Manba: UC Santa Cruz, Pulse-Fi, 2-sentabr 2025.

← Назад