Ommabop shirinlashtiruvchilar miya qarishini tezlashtiradi
Olimlar aniqladiki, ommabop shirinlashtiruvchilar miya qarishini tezlashtiradi, hatto kuniga bitta dietik gazli ichimlik ham xotira va nutqni yomonlashtirishi mumkin.
Keng ko‘lamli tadqiqot 8 yil davom etdi. Ma’lum bo‘lishicha, aspartam, saxarin, atsesulfam kaliy, eritrit va ksilit kabi shirinlashtiruvchilar kognitiv qobiliyatlarning pasayishini 62% tezlashtiradi. Bu miya qarishiga qo‘shimcha 1,6 yilga teng.
O‘rganilgan shirinlashtiruvchilar orasida faqat tagatoza zararsiz deb topildi, u mevalar va sut mahsulotlarida uchraydigan tabiiy shakar. Bunda kaloriyasiz shirin ta’m to‘yinganlik hissini buzadi, ishtahani boshqarishni chalg‘itadi va miya qon tomirlariga ta’sir qilishi mumkin, natijada insult, depressiya va ortiqcha ovqatlanish xavfi ortadi.