Bilim Hack

Android piratliksiz qoladi

Google, Google Play Services o‘rnatilgan Android qurilmalarida ilovalarni majburiy verifikatsiyadan o‘tkazishni joriy qilmoqda (ya’ni Samsung, Xiaomi, Pixel, OnePlus va boshqalar).

Bu, amalda, APK fayllarni qo‘lda (sideload) o‘rnatishni cheklaydi. Foydalanuvchilarning taxminan 95 foizi “pirat APK”larni oson o‘rnatish imkonidan ayriladi. Endi to‘lash yoki murakkab yo‘llarni izlashga to‘g‘ri keladi. Kompaniya buni “zararli dasturlarga qarshi kurash” deb taqdim etmoqda, ammo natijada Play Store’dagi xaridlar ko‘payadi va Google’ning monopoliya mavqei mustahkamlanadi.

Ta’qiqni joriy etish shu yil oktabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

← Назад