Bilim Hack

Olimlarga ilk bor bir turning xatti-harakatini boshqasiga o‘tkazish nasib etdi.

Olimlarga ilk bor bir turning xatti-harakatini boshqasiga o‘tkazish nasib etdi.

Mutaxassislar ikki xil pashshani o‘rganishdi: biri qo‘shiq bilan maftun etadi, boshqasi esa ovqat ulashadi. Olimlar birinchi turning pashshalariga ikkinchisining genini genetik usulda qo‘shishdi. Natijada miyada yangi neyron aloqalari paydo bo‘ldi va erkak pashshalar qo‘shiq aytishni bas qilib, boshqa turning xatti-harakatini ko‘rsata boshladi.

Pashshalarning xatti-harakati butkul o‘zgardi: ular ovqat ulashishni boshlashdi, holbuki bu ko‘nikma ularning ajdodlarida taxminan 35 million yil avval yo‘qolib ketgan edi.

Bu tarixda ilk bor shunday natija qayd etildi — atigi bitta gen yordamida boshqa turning xatti-harakatini o‘tkazish. Eng qiziq tomoni, bu xatti-harakat o‘rganish yoki taqlid orqali emas, balki faqat genetik qayta dasturlash orqali yuzaga chiqdi.

Insonda ham odatda faollashmaydigan “uyqudagi” neyron aloqalari mavjud. Nazariy jihatdan, ushbu usul yordamida, masalan, tashvish va depressiyani kamaytirish uchun ayrim sxemalarni o‘chirib qo‘yish mumkin. Yoki aksincha, empatiyani, o‘qishga motivatsiyani yoki xotirani kuchaytirish uchun yashirin sxemalarni faollashtirish mumkin bo‘ladi.

← Назад