Bilim Hack

Olimlar operatsiyasiz ko‘rish qobiliyatini tiklashni o‘rgandilar.

Olimlar operatsiyasiz ko‘rish qobiliyatini tiklashni o‘rgandilar.

Bugungi kunda ko‘zoynak yoki linzadan qutulishning eng keng tarqalgan usuli — LASIK bo‘lib, unda lazer yordamida shoh pardaning yupqa qatlami kesiladi va uning qiyaligi o‘zgartiriladi.

Ammo tadqiqotchilar aniqlashdiki, shoh pardadagi kollagenni kuchsiz elektr toki yordamida vaqtincha “yumshatish” mumkin. Shundan so‘ng unga kerakli qiyalik berilib, ko‘rish yaxshilanadi.

Hayvonlar ko‘zida o‘tkazilgan tajribalarda bu jarayon bir daqiqadan ham kam vaqt oldi. U og‘riqsiz, kesishlarsiz, chandiqsiz va hujayralarga zarar yetkazmaydi. Shu bilan birga, LASIK usulidan arzonroq va xavfsizroq bo‘lishi mumkin.

← Назад