Olimlar Altsgeymer kasalligini qaytarish yo‘lini topdi
Olimlar Altsgeymer kasalligini qaytarish yo‘lini topdi
Garvard tibbiyot maktabi tadqiqotchilari miyadagi litiy yetishmovchiligi Altsgeymer kasalligining rivojlanishini boshlab yuborishini va kognitiv funksiyalar yo‘qolishini tezlashtirishini aniqladi. Shu bilan birga, oddiy litiy orotat qo‘shimchasi xotirani to‘liq tiklashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, kichik dozadagi litiy orotat miyani go‘yoki “yoshartiradi”, yo‘qolgan kognitiv funksiyalarni qayta tiklaydi va hatto ilgari unutilgan narsalarni eslash qobiliyatini ham qaytaradi.
Dori arzon va patentlanmaydi. Tadqiqotchilar fikricha, u nafaqat Altsgeymer kasalligini oldini olishda, balki profilaktika vositasi sifatida ham foydali bo‘lishi mumkin.
Hozir olimlar keng qamrovli inson sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, shundan so‘ng esa bu preparatni ommaviy ishlab chiqarishga o‘tishadi. U potensial ravishda 55 milliondan ortiq insonga yordam berishi mumkin.