Olimlar qarilik ham yuqumli bo‘lishi mumkinligini aniqlashdi
Olimlar qarilik ham yuqumli bo‘lishi mumkinligini aniqlashdi — bu jarayon tanada “infeksiya” kabi tarqaladi. Bunga sababchi — HMGB1 deb nomlanuvchi oqsil. U sog‘lom hujayralarni ham qarishga majbur qiladi.
Oddiy sharoitda HMGB1 hujayra yadrosida joylashgan bo‘ladi va DNKni tashkil qilishda ishtirok etadi. Ammo hujayra stress holatida yoki qariganda, bu oqsil tashqariga chiqib ketadi. Va aynan faol shaklidagi HMGB1 qo‘shni hujayralarda ham qarish jarayonini ishga tushiradi. Natijada zanjirsimon reaksiya yuzaga keladi.
Tajriba davomida yosh sichqonlarga HMGB1 oqsilining faol shakli yuborildi. Oradan atigi bir hafta o‘tgach, ularning tanasida qarilik belgilari tezda paydo bo‘ldi: yallig‘lanish, mushaklar zaiflashuvi, umumiy holatning yomonlashuvi.
Biroq qarigan sichqonlarga HMGB1’ni bloklovchi antitanachalar kiritilganda, mutlaqo boshqa effekt kuzatildi:
— Yallig‘lanish kamaydi;
— Yara va jarohatlar tezroq bitdi;
— Kuch va bardoshlilik oshdi.
Endilikda olimlar ushbu mexanizmdan foydalanib, insonlarda qarish jarayonini sekinlashtirishni va hatto yoshartirishni rejalashtirishmoqda.