Bilim Hack

16 yoshli maktab o‘quvchisi Roblox orqali 20 million dollardan ortiq daromad topdi!

16 yoshli maktab o‘quvchisi Roblox orqali 20 million dollardan ortiq daromad topdi! U shunchaki ikki kunda ferma simulyatori yaratgan xolos.

Grow a Garden — bu tinchgina, zo‘ravonliksiz bog‘bonchilik o‘yini. Unda o‘yinchilar o‘simliklar va hayvonlar yetishtiradi, hosil bilan savdo qilishadi va uchastkalarni bezaishadi.

Iyun oyida o‘yinni bir vaqtning o‘zida 21.6 million kishi o‘ynagan — bu mutlaq rekord. Bu ko‘rsatkich Fortnite, CS:GO, Dota 2 va PUBG o‘yinchilari sonidan ham ko‘proq.

Grow a Garden shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, o‘yinni Yangi Zelandiyadagi bir studiya sotib oldi. Biroq o‘smir o‘z ulushini saqlab qoldi va hozir ham foydaning taxminan 50 foizini oladi.

← Назад